ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.04.2026 yildagi PQ-120-son

Qaror bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan g‘oyaviy-badiiy konsepsiya va dastur tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustga qadar har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomi tayyorlanadi.

2026 yil aprel oyidan ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35, #Uzb35 xeshteglari ostida targ‘ibot aksiyalari boshlanadi.

2026 yil aprel oyidan “35 yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar tayyorlash va telekanallarda namoyish etilishi taʼminlanadi.

2026 yil avgust–sentyabr oylarida xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil O‘zbekiston – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.