ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2026 yildagi PQ-117-son

Qarorga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga qaratilgan “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.
 
Loyiha doirasida 2026 yil 1 iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027 yil 1 martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

o‘quv kurslari 8–12 oylik intensiv o‘quv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;

o‘quv kurslariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jazoni o‘tayotgan yoshlar jalb qilinadi;

o‘quv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) o‘rganish bo‘yicha yagona intensiv dasturlar asosida ham o‘qitiladi;

o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazoni o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.