ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.02.2026 yildagi 75-son

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini taʼminlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

 yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

 ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq maʼlumotlar maydonini yaratish;

tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

2026 yil 1 avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.