ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.02.2026 yildagi PF-21-son

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash;

 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

 Raqamli platformada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilishi holati quyidagi toifalarga ajratiladi:

“yashil” – belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichiga o‘z vaqtida va to‘liq erishilgan;

“sariq” – belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichiga erishishda kechikishlar mavjud, biroq ularni bartaraf etish imkoni bor;

“qizil” – samaradorlik ko‘rsatkichiga erishishda jiddiy kechikishlar mavjud yoki ularga umuman erishilmagan.

Bunda:

“yashil” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga masʼul idoralar rag‘batlantiriladi;

“sariq” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud kechikishlar sabablari tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli idoraga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi;

 “qizil” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga masʼul idoralar faoliyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tanqidiy ko‘rib chiqiladi.