Unga ko'ra, yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma'muriy ogohlantirish jazosi qo'llanilishi belgilandi.
Ma'muriy ogohlantirish hukuqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.
Ma'muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo'llanadi.
Ma'muriy ogohlantirish Kodeks 125-moddasining 1- va 2- qismlarida, 128 (prim 1), 128 (prim 2), 128 (prim 6), 135 (prim 1)-moddalari hamda 138-moddasi 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nsbatan qo'llanadi.
Bunda shaxs o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lganda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari bo'lmaganda, ma'muriy jazo chorasini qo'llashga vakolatli organ tomonidan qo'llaniladi.
Ma'muriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qo'llanilishi mumkin emas.