ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 28.11.2025 yildagi F-68-son

Farmoyishga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi.

Dasturning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;

ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiisteʼmolchilik xavfini kamaytirish.

Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etiladi.

Byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.