ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.11.2025 yildagi PQ-358-son

Qarorga ko'ra, quyidagilar 2026–2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

mamlakatda ro'yxatdan o'tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;

intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.

Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:

intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;

intellektual mulk obyektlari bilan bog'liq shartnomalarni onlayn tuzish.

kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to'g'risidagi ma'lumotlarni joylashtirish.

Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-martdan:

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo'llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilariga ega bo'lish qo'shimcha ball beruvchi ko'rsatkich hisoblanadi;

intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikati to'lov asosida onlayn shaklda beriladi.

Shuningdek, “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishonini ta'sis etiladi.

Intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo'yicha quyidagilarda oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yiladi:

2026/2027-o'quv yilidan – O'zbekiston milliy universitetida;

2029/2030-o'quv yiligacha kamida 4 ta oliy ta'lim muassasasida.

2026-yildan har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma'lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug'i” nominasiyalari bo'yicha respublika tanlovi o'tkazib boriladi.

Tanlovning har bir nominasiyasi bo'yicha 1, 2 va 3-o'rin g'oliblariga BHMning 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.