Nizomga ko'ra, maqsadli stajirovkaga yuborish bo'yicha nomzodlarni saralab olish Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10-noyabrgacha kadrlar tayyorlashga bo'lgan ehtiyojlar to'g'risida lavozim va yo'nalishlar kesimida Agentlikka ma'lumotlar taqdim etadi.
“El-yurt umidi” jamg'armasi Boshqaruv kengashi 15-yanvargacha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.
Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan nomzodlar ro'yxatini shakllantirishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
stajirovka dasturiga mos mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yillik ish tajribasi, shu jumladan oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlagan bo'lishi;
davlat tilini bilishi;
stajirovka o'tash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning shartsiz taklifnomasi mavjudligi.
Saralash tartibi quyidagicha:
test sinovlari;
nomzodlar bilan suhbat.
Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori ko'rsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etiladi.
G'olib deb topilgan mutaxassislar, “El-yurt umidi” jamg'armasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qo'shimcha) kafil o'rtasida shartnoma tuziladi.