ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.11.2025 yildagi PF-219-son

Farmonga ko‘ra, quyidagilar uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning asosiy ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040-yilga qadar 50 foizga yetkazish;

uy-joy qurilishi sohasini “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks isloh qilish va uni amalga oshirishdagi to'siqlarni bartaraf etish.

Farmonga ko‘ra, qurib bitkazilmagan uy-joylarni birinchi navbatda qurilishga jalb etish, shuningdek, ekologik toza mahsulotlardan foydalanib uy-joy infratuzilmasini oldindan barpo etishni nazarda tutadigan kompleks qurilish tamoyili asosida uy-joylar qurilishini tashkil etish tartibi joriy etiladi.

Kompleks qurilish tamoyili doirasida quyidagilar ta‘minlanadi, jumladan:

kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash;

loyihalarni amalga oshirishda hududlarning kelgusidagi ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi kompleks yondashuvdan foydalanish.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo'mitasi tashkil etiladi.

Milliy qo‘mita urbanizasiya jarayonlari, uy-joy qurilishi, renovasiya va ipoteka sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organidir.

Quyidagilar Milliy qo‘mita faoliyatining ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish;

samarali va barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

renovasiya dasturlarini samarali amalga oshirishni ta'minlash;

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish ishlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan, hududlarni tanlashda qonunchilik bilan belgilangan mezonlar va urbanizatsiya tamoyillariga rioya etilishini ta'minlash.