ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.11.2025 yildagi PQ-347-son

Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

urbanizasiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish;

O'zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo'mitasi faoliyatini tashkil etish.

Qarorga ko'ra, quyidagi masalalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qo'mita bilan majburiy kelishilishi shart:

uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari;

Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomerasiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish;

“Yangi O'zbekiston” massivlarida va boshqa massivlarda ko'p kvartirali uylar qurilishi bo'yicha yillik maqsadli ko'rsatkichlarni tasdiqlash;

kompleks qurilish loyihalari amalga oshiriladigan va “Yangi O'zbekiston” massivlari quriladigan hududlarni belgilash.