Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Ҳужжат паспорти
2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.11.2025 yildagi 691-son
Qaror bilan “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag'on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ'ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:
har yili oktabrning 1-haftasida Siyosiy qatag'on qurbonlarini yod etish haftaligini o'tkazib borish;
har yili oktabr oyida qatag'on qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan respublika darajasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Qarorga ko'ra, o'quvchi yoshlar va talabalar ishtirokida qatag'on qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o'tkaziladi.