Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi.
Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagi tartibda belgilanadi:
1-darajali hujjatlar konsepsiyalar shaklida;
2-darajali hujjatlar strategiyalar shaklida;
3-darajali hujjatlar dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.
Bunda:
1-darajali hujjatlar 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida qonunlar bilan tasdiqlanadi;
2-darajali hujjatlar 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
3-darajali hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida tasdiqlanadi.