ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.10.2025 yildagi 631-son

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslar"ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:

yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qo‘llab quvvatlash;

mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;

yoshlarning daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.