ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Mahalla fuqarolar yigʻini yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.09.2025 yildagi 586-son

Reyestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘iniga oid yagona maʼlumot manbai hisoblanadi.

Reyestr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi.

Reyestr Uyushma tomonidan “Raqamli mahalla” axborot tizimida yuritiladi.

Reyestrda quyidagi maʼlumotlar shakllantiriladi, jumladan:

mahallaning to‘liq va qisqacha nomi;
mahalla kodi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
Kengash qarori sanasi va raqami;
mahalla joylashgan hudud;
mahallaning hududiy chegarasi geomaʼlumotlari.

Maʼlumotlar Reyestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.