ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.09.2025 yildagi PQ-269-son

Qarorga ko‘ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

2028 yildan har yili unuvchanlik darajasi 85% dan past bo‘lmagan kamida 10 milllon dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;

2030 yilga borib respublikada kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo‘yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.

2026 yil 1 yanvardan  Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50% igacha yillik 12% stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.