ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2025 yildagi 562-son

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

avtotransportlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi;

avtotransportlar uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi.

2026 yil 1 yanvardan avtomototransportlar uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari yagona oshirilgan to‘lov evaziga shaxslarning elektron murojaatiga asosan beriladi.

Shaxslar yagona ochiq maʼlumotlar bazasida bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini quyidagi tizimlar orqali tanlab oladi:

ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar;

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (YHXX) mobil ilovasi;

YHXXning rasmiy veb-sayti;

YAIDXP (my.gov.uz).

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan yagona ochiq maʼlumotlar bazasida hududlarning kod raqami doirasida barcha toifadagi davlat raqami belgilari (oldin berilgan yoki foydalanishda bo‘lganlardan tashqari) joylashtiriladi.