ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.08.2025 yildagi PQ-264-son

Qarorga ko‘ra, Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi.

2026 yil 1 yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirishga taʼsir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) “Ochiq byudjet” axborot portalida tanlaydi.

Mazkur tanlov loyihani respublika byudjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur jarayonlarda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga 1 yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag‘ har yilgi respublika byudjetida nazarda tutiladi.

2026 yil 1 fevraldan tashabbusli byudjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.