ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.08.2025 yildagi 541-son

Nizomga ko‘ra, Akademiyada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 

“Hududlarni kompleks rivojlantirish”;
“Davlat boshqaruvi”; 
“Inson resurslarini rivojlantirish”;
“Davlat siyosati”;
“Davlat moliyasini boshqarish”.

Akademiya magistraturasiga qabul davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Akademiyaga davlat buyurtmasi bo‘yicha qabulni tashkil etish uchun nomzodlarni birlamchi saralab olish bo‘yicha idoraviy komissiya tuziladi.

Nomzod Idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

oxirgi 2 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ijobiy ishlari haqidagi maʼlumot;

maʼlumotnoma-obyektivka;

nomzodning qo‘shimcha erishgan yutuqlari: ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, xorijiy tillarni bilish sertifikati kabilar.

Magistraturada o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining, qoida tariqasida, kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Akademiyada magistratura mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi bo‘yicha tanlov 2 bosqichda, test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Qabul komissiyasi qarori bilan davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarni Akademiya tinglovchiligiga qabul qilish rektorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.