ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.08.2025 yildagi PF-138-son

Farmonga ko‘ra, 2026 yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:

2026–2028 yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:

viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;

boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha;

har yili sayyohlarning eng ko‘p eʼtiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy eʼtirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSH dollariga teng tanlov o‘tkazish.

2026 yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanadi:

1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish;

1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik;

6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash.

2026 yil 1 yanvardan soliq majburiyatlarini bajarishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etiladi:

yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga o‘tkaziladi va ushbu majburiyat soliq to‘lovchilar uchun bekor qilinadi;

soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan 5 ish kunida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.