ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.07.2025 yildagi PF-117-son

Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda  ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;

davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning masʼuliyatini oshirish;

ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

Farmon bilan, Hisob palatasiga  qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari  doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;

ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.