Qarorga ko‘ra, 2025–2028 yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
eksport hajmini 100 mln AQSH dollariga yetkazish;
sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash.
2029 yil 1 yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llaniladi.
2025 yil 1 iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan YATTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.