ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.04.2025 yildagi PQ-155-son

Ichki ishlar organlari tizimini 2025–2027 yillarda raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga masʼul bo‘linmalarning faoliyatini yagona boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmlari asosida muvofiqlashtirish, ular tarkibida “raqamli jamoa”ni shakllantirish;

jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish;

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.