ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.05.2025 yildagi 288-son

Qaror bilan quyidagilarga muvofiq, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

fuqarolik jamiyati vakillarini maʼnaviy rag‘batlantirish hamda islohotlarni sarhisob va targ‘ib qilish.