Nizomga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.
Kredit mablag‘lari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;
2 bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;
3 bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha;
4 bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi.
Bunda yangi bog‘ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida ko‘zda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga ko‘pi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.