Qarorga ko‘ra, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni taʼminlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlanadi.
Vazirlar Mahkamasi Qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatchilik kengashlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlaydi.
Qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga ko‘maklashadi.
Qo‘mita “Vatandoshlar” jamoat fondi, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlariga doimiy ravishda axborot, maslahat, tashkiliy va uslubiy jihatdan ko‘maklashib boradi.