ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.03.2025 yildagi 168-son

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;

ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:

tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo‘lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;

yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.