ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.03.2025 yildagi 158-son

Qarorga ko‘ra, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi;

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi.

Jamg‘armning asosiy maqsadi “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oila aʼzolarining bandligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etishga ko‘maklashish uchun ushbu shaxslarga hamda ularning bandligini taʼminlashga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish hisoblanadi.

2025 yil 1 oktyabrdan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

Nizomga ko‘ra, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, sug‘orish vositalari, urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun subsidiyalar “Jamg‘arma–tashkilot–talabgor” o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida ajratiladi.

Bunda aholiga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun — BHMning 30 baravarigacha miqdorda;

Sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — BHMning 10 baravarigacha miqdorda;

Urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun — BHMning 3 baravarigacha miqdorda.

Talabgor subsidiya olish uchun o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki YAIDX (my.gov.uz) va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.