ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.02.2025 yildagi 127-son

Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 

Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasining qarori (https://lex.uz/docs/3180902) bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan g‘ildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

Bunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni taʼminlaydi.

VIN kodi uchta bo‘limdan iborat:

ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
tavsiflovchi qismi (VDS);
ko‘rsatuvchi qismi (VIS).

VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi hisoblanadi.