ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.02.2025 yildagi PQ-51-son

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:

davlat kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;

kafolatlanmagan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;

belgilangan miqdoridagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish.

Mazkur maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash bo‘yicha Favqulodda shtab va uning hududiy shtablari tashkil etiladi. 

XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tuzish amaliyoti 2025 yil 1 martdan bosqichma-bosqich tugatiladi  va barcha funksiyalari Loyihani ijro etuvchi agentliklarning tegishli bo‘linmalariga yuklatiladi.

2025 yil 1 iyungacha “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ekspertizadan o‘tkazilib, XMI/XHMT tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida elektron xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushiriladi hamda raqamli xarid tartib-qoidalariga o‘tiladi.