ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2025 yildagi 76-son

Maʼrifiy faoliyat – insonni shaxsiy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat taʼlim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblandi.

Nizom maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

maʼrifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;

maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish shakllari (maʼruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul);

maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, ushbu faoliyat tinglovchilari orasida voyaga yetmagan shaxs mavjud bo‘lsa, majburiy tartibda maʼrifiy faoliyat dasturini ishlab chiqish talabi;

maʼrifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va maʼrifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.

Maʼrifiy faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib shug‘ullanish mumkin.

Maʼrifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga muvofiq pulli asosda shug‘ullaniladi.

14 yoshdan kichik shaxslarning maʼrifiy faoliyat tadbirlarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.