ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.2024 yildagi 865-son

Unga ko‘ra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;

davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;

davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;

davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish;

davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;

davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.

Shuningdek, 2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.