ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.09.2024 yildagi O‘RQ-964-son

Qonunga ko‘ra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash belgilanmoqda.

Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek, banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.