ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son

Qonun 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat.

1. Qonunning maqsadi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

3. Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘lishi belgilangan:

qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021 yil 8 iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

4. Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati aʼzosi bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

5. Xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari keltirilgan.

6. Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishning qo‘shimcha shartlari haqida ham malumotlar berilgan.

7. Huquq egasi - Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi inventarizatsiya jarayonida aniqlangan va avtomatlashtirilgan axborot tizimida mazkur yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs sifatida ko‘rsatilgan fuqaro va yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek rezident bo‘lgan yuridik shaxs nomiga eʼtirof etiladi.

8. Ushbu Qonunga muvofiq huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi;

9. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilangan.