ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.11.2023 yildagi 608-son

Nizomga ko‘ra, tanlov 10 ta yo‘nalishda mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovning, jumladan, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida ichki ishlar organlari tomonidan yoshlar jinoyatchiligini o‘tgan davrdagiga nisbatan joriy yilda kamaygan deb topilgan mahalla yetakchilari qatnashadi.

Shunga ko‘ra, har yili 5 sentyabrgacha Yoshlar ishlari agentligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida eʼlon beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish har yili 5–30 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning:

tuman (shahar) bosqichi – oktyabr oyida;
hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida;
respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;
rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

Shuningdek, g‘oliblar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.