ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son

Farmonga asosan:

1) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi;

2) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.

3) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi;

4) Respublika komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish;

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar bo‘yicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini taʼminlash;

5) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ijrosi, tegishli maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi va ular doirasida normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi.