ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.11.2021 yildagi PF-27-son

Farmonga muvofiq:

1) Quyidagilar belgilandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi;

2022-2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etilishi va boshqalar;

2) 2) Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti (Departament) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilindi va quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:

ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini ko‘rish;

ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini taʼminlash, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;

voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;

yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni taʼminlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish;

3) Quyidagi tartib o‘rnatildi, unga muvofiq Departament O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (Strategiya)  «Yo‘l xaritasi» va Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar dasturlarining amalga oshirilishi doirasida:

muntazam monitoring olib borib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli davlat organlariga kiritadi;

jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida erishilgan natijalar va aniq ko‘rsatkichlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravishda keng jamoatchilikka yetkazib boradi;

har chorakda umumlashtirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi muhokamasiga taqdim qiladi;

4)  Quyidagilar:

respublikada jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi Departament zimmasiga yuklatiladi hamda uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etilishi;

Departament boshlig‘i ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat xavfsizligini taʼminlash tadbirlarining yagona muvofiqlashtiruvchisi hisoblanishi;

Departament va uning hududiy bo‘linmalari tarkibiga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari kirishi belgilandi;

5) Shunday tartib o‘rnatildi, unga muvofiq:

profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi;

2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanadi;

profilaktika inspektorlari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi sirtqi taʼlimiga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy ichki ishlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Departament boshlig‘i taqdimnomasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi taʼlimiga imtihonlarsiz qabul qilinadi hamda bepul o‘qitiladi.

6) Probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etilishi hamda probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagilarning shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanishi belgilandi.