Farmonga muvofiq:
1) Ombudsmanning quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashdagi eng ustuvor vazifa etib belgilandi:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini, shu jumladan ularning buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali taʼminlash;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish hamda boshqa g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish bo‘yicha taʼsirchan choralarni ko‘rish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;
aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
2) Oliy Majlis palatalarining Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlarini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullansin.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish uchun 2022 yil 1 yanvardan Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 14 ta shtat birligi ajratilsin.
3) Quyidagilar Ombudsman mintaqaviy vakillarining asosiy vazifalari etib belgilandi:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;
fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;
ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish;
4) Quyidagilar:
a) Ombudsmanning mintaqaviy vakillari:
o‘zlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdorligi;
hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ahvoli bo‘yicha tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har yili maʼruza taqdim qilishi;
hududlarda joylashgan davlat organlari va tashkilotlariga moneliksiz kirishi va ularning mansabdor shaxslari tomonidan zudlik bilan qabul qilinishi;
b) mahalliy davlat hokimiyati organlari Ombudsman mintaqaviy vakillari faoliyatiga ko‘maklashishi belgilandi.