Farmonga muvofiq:
-
Majburiy ijro byurosi o‘z faoliyatini markazlashganlik tamoyiliga muvofiq quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga bo‘ysunishi va hisobdorligi asosida amalga oshirishi;
byuro direktori o‘z faoliyatida bevosita Bosh prokurorga bo‘ysunishi va hisobdor bo‘lishi hamda Bosh prokuror Byuro faoliyatining natijadorligi bo‘yicha masʼul hisoblanishi belgilandi;
Cud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashish, yaʼni, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat ijrochisiga noqonuniy topshiriqlar berish yoxud boshqa shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir o‘tkazish taqiqlanishi belgilandi;
-
2021 yil 1 martdan:
ijro hujjatlari bo‘yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi;
aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinishi, bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtirilishi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkazilishi belgilandi;
-
Davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor — tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab ijro hujjatlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga va ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat etish huquqini berish belgilandi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligini belgilangan tartibda tekshirmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash ko‘zda tutildi;
-
2021 yil 1 martdan:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish bo‘yicha savdo do‘konlarini tanlab olishda mol-mulkni internet-do‘konlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik berilishi belgilandi.