Farmonga asosan:
1) 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaslik tartibi joriy etilishi;
riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytirilishi;
qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat berilishi belgilandi;
1) Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya va hududiy komissiyalar tashkil etildi va asosiy vazifalari belgilandi;
2) 2020 yil 1 noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilishi belgilandi;
Hisob palatasi yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini;
hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025 yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishini;
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini taʼminlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish;
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va kiritib borishi belgilandi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibida — Yashirin iqtisodiyotni tahlil qilish boshqarmasi tashkil etilib, tahlillar o‘tkazish va yashirin faoliyat darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyot sohalarini aniqlash uning asosiy vazifalari etib belgilandi;
Soliq nazorati departamenti tashkil etildi va asosiy vazifalari belgilandi.