ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.10.2020 yildagi PF-6097-son

Farmonga muvofiq:

1) Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari tasdiqlandi;

2) Konsepsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutishi belgilandi:

a) ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida:

ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish;

ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida loyihalarni amalga oshirish;

b) ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash borasida:

2025 yilga qadar ilm-fanga yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshirish;

2025 yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablag‘lar ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030 yilgacha esa 30 foizga yetkazish;

инновацион ишланмалар ва стартап лойиҳаларни молиялаштириш мақсадида хорижий етакчи инвестиция компаниялари билан ҳамкорликда 2021 йилда 2 та, 2025 йилда 10 та венчур жамғармаларини ташкил қилиш;

в) юқори малакали илмий ва муҳандис кадрлар тайёрлаш ҳамда уларни илмий фаолиятга йўналтириш борасида:

илмий ташкилотлар тадқиқотчиларининг ўртача ёшини 2025 йилга қадар 45 га, 2030 йилгача эса 39 га етказиш;

2025 йилга қадар 39 ёшгача бўлган тадқиқотчиларнинг умумий сонида юқори малакали илмий ходимларнинг (фан номзоди, фалсафа ва фан докторлари) улушини 2 бараварга, 2030 йилгача эса 3 бараварга ошириш;

г) илм-фанни ривожлантиришнинг замонавий инфратузилмасини яратиш борасида:

2025 йилга қадар илмий-тадқиқот ва ишланмалар соҳасидаги технологик инновацияларга харажатларнинг умумий ҳажмида ташкилотнинг ўз кучи билан бажарилган технологик инновацияларга харажатларнинг улушини 3,5 бараварга, 2030 йилгача эса 9 бараварга ошириш;

2021 йилда “Яшнобод” инновацион технопаркининг резидентлари сонини 60 тага етказиш ва шу асосда инновацион маҳсулотлар тури ва ҳажмини ошириш, шунингдек 720 дан ортиқ янги иш ўринларини яратиш;

7 та замонавий лаборатория мажмуаларини ташкил этиш, уларни GLP ва GMP жаҳон стандартларига мос ускуналар билан жиҳозлаш;

д) илм-фан тараққиётига кўмаклашувчи замонавий ахборот муҳитини шакллантириш борасида:

миллий илмий портални яратиш;

олимлар, ташкилотлар, илмий-техник ахборот манбалари рейтингларини жорий этиш;

3) Қуйидагилар белгиланди:

Илмий ташкилотлар раҳбарлари лавозимига устувор равишда илм-фан тизимини бошқариш кўникмасига ва иқтисодий билимга эга бўлган ёш мутахассислар тайинланади;

2021 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy tashkilotlar rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘qitish va muntazam malakasini oshirib borish tizimi joriy qilinadi;

2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir ilmiy tashkilotda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi, bu lavozimga taniqli ilm-fan namoyandalari va nufuzli olimlardan biri tayinlanadi hamda maslahatchi tashkilotning Ilmiy kengashini boshqaradi;

ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash hamda ilmiy maktablar, fan namoyandalari va yetakchi olimlarning sohadagi masʼuliyatini oshirish maqsadida har bir fan yo‘nalishlari bo‘yicha fan jamiyatlari tashkil qilinadi;

2021 yilda xalqaro mustaqil ekspert kompaniyalarini jalb etgan holda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyati auditdan o‘tkaziladi;

barcha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining respublika darajasidagi rahbarlari (birinchi o‘rinbosarlari) bir vaqtning o‘zida ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga masʼul hisoblanadi hamda bu borada tizimdagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

4) Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilindi;

“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida:

ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratilishi;

mazkur yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan bepul foydalanish huquqi berilishi;

Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilab qo‘yildi;

5) 2021 yil 1 yanvardan boshlab Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilindi;

6) Quyidagilar belgilandi:

Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali quyidagi ishlar to‘liq amalga oshiriladi:

stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi, ilmiy rahbar va konsultantlarga doir maʼlumotlar bankini shakllantirish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasidagi ishlar bajarilishini qayd etish;

ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish;

stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada o‘qish uchun qabul kvotalari bo‘yicha buyurtmanoma shakllantirish;

ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash institutlarida o‘qish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish.