ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.06.2020 yildagi PF-6017-son

Farmonga muvofiq:

1) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi;

2) Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va boshqalar;

3) O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;

4) 2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar — kelajagimizDavlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi:

hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinishi belgilandi.