ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son

Qonun 11 bob va 58 moddadan iborat.

1. Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2. Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

inklyuziv taʼlim va tarbiya — bolalarning alohida taʼlim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan jarayon;

maktabgacha taʼlim va tarbiya — bolalarga taʼlim va tarbiya berishga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turi;

3. Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

4. Maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari mustahkamlangan.

5. Qonunda Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar va ularning vakolatlari belgilangan.

6. Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining turlari keltirilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi:

umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti;

inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti;

qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti.

7. Qonunda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqomi belgilangan.

8. Qonunda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish asoslari keltirilgan.