Farmonga muvofiq:
1) 2018 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilishi belgilandi;
2) Quyidagilar tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari bo‘ysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga o‘tkazildi:
- Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari;
- Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi va tuman hokimliklarining moliya bo‘limlari;
- Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha hududiy boshqarmasi va investitsiyalar bo‘yicha tuman bo‘limlari;
- Toshkent shahar turizm boshqarmasi.
2) Toshkent shahrida yuqoridagi davlat boshqaruvi organlari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatildi:
a) respublika davlat boshqaruvi organlari:
tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini;
davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini uslubiy taʼminlash va muvofiqlashtirishni;
tegishli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini amalga oshiradi.
b) Toshkent shahar va tumanlar hokimlari Toshkent shahri va tumanlardagi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini tashkil etadi;
v) Toshkent shahridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari Toshkent shahar hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli respublika davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi;
g) Toshkent shahri tumanlaridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari tuman hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahridagi tegishli hududiy davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi.
3) Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Kanallarni saqlash, foydalanish va taʼmirlash bo‘yicha ixtisoslashgan boshqarmasi negizida Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi;
4) Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasida Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tashkil etildi;
5) Quyidagilar joriy etildi:
- Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi;
- Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
- Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
- Toshkent shahar hokimi devoni rahbari lavozimi.