ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.01.2018 yildagi PF-5308-son

Farmonga asosan:

1) 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Unda quyidagi yo‘nalishlar nazarda tutilishi belgilandi:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;

qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish;

iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

ijtimoiy sohani rivojlantirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish;

2) Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy eʼlon qilindi, jinoyat ishi doirasida va yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar bundan mustasno ekanligi belgilandi;

2018 yil 1 apreldan boshlab:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi davlat soliq xizmati organlarining bo‘shayotgan 228 ta shtat birliklarini prokuratura organlariga o‘tkazgan holda tugatilishi;

adliya organlarining kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, chet el investorlari va chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanishi;

jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmasligi lozimligi, alohida hollarda tekshirish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan uzaytirilishi mumkinligi;

tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan amalga oshirilishi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlar, o‘tkazilgan tekshirishlar va monitoring (asos, tekshirish yoki monitoring o‘tkazish vaqti, ularni o‘tkazgan xodimlar va boshqalar) va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborotlar majburiy tartibda prokuratura organlarining maxsus elektron axborot tizimiga kiritilishi belgilandi;

3) Quyidagilar:

a) 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinishi:

yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalar-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;

venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;

ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;

yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha;

b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi belgilandi.

4) Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga bo‘lgan taqiq, shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilganlik uchun ish beruvchining javobgarligi bekor qilinishi belgilandi.