ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.05.2017 yildagi PF-5060-son

Farmonga asosan:

1) O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;

2) Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik maʼlumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklifi kiritildi.

Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy eʼtiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinayotgan yoki taʼqib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila aʼzolariga berilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklardan foydalanishi hamda majburiyatlarga ega bo‘lishi belgilandi.