OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI ELEKTR ENERGIYASI, NEFT MAHSULOLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGINING
QARORI
“Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2072-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2009-yil 25-dekabrdagi 01/07-1220, 7/2, 1/141-son “Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2072, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 3-4-son, 30-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Markaziy bank bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. ISOQJONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-avgust,
21-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-avgust,
54-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-avgust,
10-son
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-avgust,
01/17-4-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2026-yil 16-iyul
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 1-may
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2026-yil 9-aprel
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2026-yil 8-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2026-yil 27-avgustdagi 21-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026 yil 21-avgustdagi 54-son, Suv xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 18-avgustdagi 01/17-4-son, Transport vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 10-son qaroriga
ILOVA
“Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomi va muqaddimadagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “vedomostlarini” degan soʻz “qaydnomalarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “vedomosti” degan soʻz “qaydnomasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
II-boʻlimning nomidagi “Ruxsatnoma blankalari, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalarini” degan soʻzlar “Ruxsatnoma va tarqatish qaydnomalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ruxsatnoma varaqalari va tarqatish qaydnomalari mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tipografiya usulida tartib raqamlari koʻrsatilgan holda tayyorlanadi. Ruxsatnoma varaqalari va tarqatish qaydnomalari mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha tayyorlanadi.”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mahsulot yetkazib beruvchining hududiy tashkiloti omborlariga kelib tushgan ruxsatnoma varaqalari va tarqatish qaydnomalari ular kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida tashkilot rahbari chiqargan buyruq bilan tayinlangan doimiy ishchi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya paketni ochishdan oldin oʻramning butligini, yoʻllovchi hujjatlarini va yuk xatining mavjudligini tekshiradi. Ruxsatnoma varaqalari va tarqatish qaydnomalari qabul qilinganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, shundan dalolatnomaning birinchi nusxasi yuk xati bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi va qatʼiy hisobda turuvchi varaqalar sifatida kirim qilish uchun asos hisoblanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi varaqalarni saqlash uchun qabul qilgan javobgar shaxsda saqlanadi.”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Neft mahsulotlarini berish mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Mazkur shartnomada ajratilgan neft mahsulotlarining turi va miqdori koʻrsatiladi. Shartnomaga asosan mahsulot yetkazib beruvchi isteʼmolchiga neft mahsulotlari uchun amaldagi narxlaridan kelib chiqqan holda oldindan pul oʻtkazish uchun hisob raqamini taqdim qiladi.”;
5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Isteʼmolchi amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlov hujjatlarining elektron shakldagi nusxalari va neft mahsulotini olish uchun ishonchnomani taqdim qiladi. Ishonchnomada mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasi tomonidan isteʼmolchidan kelib tushgan pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd qilinadi va shu asosida neft mahsulotlarini berish uchun uch nusxada ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi, shundan ruxsatnomaning:”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Neft mahsulotlarini berish ruxsatnomasi qogʻoz yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi, mahsulot yetkazib beruvchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq ruxsatnomalar berish reyestrida qayd etiladi.
Qogʻoz shakldagi ruxsatnomaning birinchi nusxasi mahsulot yetkazib beruvchida, ikkinchi nusxasi isteʼmolchida qoladi, uchinchi nusxasi esa mahsulot yetkazib beruvchining yonilgʻi quyish shoxobchasiga taqdim etiladi.
Elektron shakldagi ruxsatnoma mahsulot yetkazib beruvchi, isteʼmolchi hamda yonilgʻi quyish shoxobchasiga axborot tizimi orqali yuboriladi.”;
7 va 27-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Isteʼmolchi toʻlovlarni amalga oshirganidan keyin mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlov hujjatlarining elektron shakldagi nusxalari hamda gaz olish uchun ishonchnomani taqdim qiladi. Mahsulot yetkazib beruvchi uning bankdagi hisob varagʻiga pul mablagʻlari kelib tushganligini tekshirib, buxgalteriya tomonidan pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd qilinadi va shu asosida gaz berish uchun uch nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Gaz berish ruxsatnomasi qogʻoz yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi, mahsulot yetkazib beruvchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq ruxsatnomalar berish reyestrida qayd etiladi.
Qogʻoz shakldagi ruxsatnomaning birinchi nusxasi mahsulot yetkazib beruvchida, ikkinchi nusxasi isteʼmolchida qoladi, uchinchi nusxasi esa mahsulot yetkazib beruvchining yonilgʻi quyish shoxobchasiga taqdim etiladi.
Elektron shakldagi ruxsatnoma mahsulot yetkazib beruvchi, isteʼmolchi hamda yonilgʻi quyish shoxobchasiga axborot tizimi orqali yuboriladi.”;
V va VI boʻlimlarning nomidagi “vedomostlari” degan soʻz “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12 va 19-bandlardagi “Haydovchining” degan soʻz “Isteʼmolchi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13 va 20-bandlardagi “navbatchining raqami koʻrsatilgan muhr bosiladi” degan soʻzlar “navbatchi operatorining raqami koʻrsatilgan belgi qoʻyiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Neft mahsulotlarini berishda yonilgʻi quyish shoxobchasida tarqatish qaydnomasi har bir isteʼmolchi boʻyicha alohida ikki nusxada tuziladi, ulardan biri mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchisi esa yonilgʻi quyish shoxobchasida qoladi. Tarqatish qaydnomasi yonilgʻi quyish shoxobchasida har bir navbatchilik boʻyicha yuritiladi. Navbatchilik tugashi bilan operator navbatchilik davomida jami berilgan neft mahsulotlarining miqdorini hisoblaydi va tarqatish qaydnomasini imzo bilan tasdiqlaydi.
Yonilgʻi quyish shoxobchasining boshligʻi (katta operatori) hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshirganidan keyin isteʼmolchining neft mahsulotlari qoldigʻi mavjud boʻlganda, ularni keyingi navbatchilik kuniga oʻtkazadi. Isteʼmolchi ajratilgan neft mahsuloti miqdori tugashi yoki hisobot oyining tugashi bilan mahsulot yetkazib beruvchidan tarqatish qaydnomasi nusxasini solishtirish uchun oladi.”.
15 va 22-bandlardagi “nazorat kassa mashinasining” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Gazning berilishida yonilgʻi quyish shoxobchasida tarqatish qaydnomasi har bir isteʼmolchi boʻyicha alohida ikki nusxada tuziladi, ulardan biri mahsulot yetkazib beruvchining buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchisi yonilgʻi quyish shoxobchasida qoladi. Tarqatish qaydnomasi yonilgʻi quyish shoxobchasida har bir navbatchilik boʻyicha yuritiladi. Navbatchilik tugashi bilan operator navbatchilik davomida jami berilgan gazning miqdorini hisoblaydi va tarqatish qaydnomasini imzo bilan tasdiqlaydi.
Yonilgʻi quyish shoxobchasining boshligʻi (katta operatori) hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshirganidan keyin isteʼmolchining gaz qoldigʻi mavjud boʻlganda, ularni keyingi navbatchilik kuniga oʻtkazadi. Isteʼmolchi ajratilgan gaz miqdori tugashi yoki hisobot oyining tugashi bilan mahsulot yetkazib beruvchidan tarqatish qaydnomasi nusxasini solishtirish uchun oladi.”;
23-banddagi “vedomostlari” va “vedomostlarini” degan soʻzlar tegishli ravishda “qaydnomalari” va “qaydnomalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Berilgan gaz miqdorining hisobi tarqatish qaydnomalari asosida navbatchilik tugagach, yonilgʻi quyish shoxobchasi boshligʻi (katta operatori) tomonidan yuritiladi.”;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Shaharlararo qatnovni amalga oshiruvchi isteʼmolchilarning xizmat safariga yuborilgan avtotransport vositalariga (marshrut avtobuslari bundan mustasno) neft mahsulotlari va gaz xarid qilish uchun toʻlovlar yoqilgʻi quyish korporativ bank kartalari orqali amalga oshiriladi.
Bunda toʻlovlarni amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
buxgalteriya tomonidan avtotransport vositasining bir xizmat safari davomida neft mahsulotlari yoki gazga boʻlgan ehtiyoji ularning sarf meʼyorlarini hisobga olgan holda hisoblangan hisob-kitob;
mahsulot yetkazib beruvchi bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
yoʻl varaqasi.
Xizmat safariga yuborilgan avtotransport vositalari uchun zarur yoqilgʻi xarajatlarini hisoblash tartibi mazkur Qoidalarning 10-ilovasida belgilanadi.”;
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Isteʼmolchi hisobdorlik asosida xizmat safarini amalga oshiruvchi avtotransport vositasi haydovchilariga yoʻl varaqasi hamda neft mahsuloti va gaz olish uchun korporativ bank kartalar beriladi.”;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Xizmat safaridagi avtotransport vositalari uchun neft mahsuloti va gaz korporativ kartalar orqali faqat tarqatish qaydnomasi boʻyicha neft mahsuloti yoki gazni sotadigan yonilgʻi quyish shoxobchalarida haydovchi tomonidan xizmat safari guvohnomasi, yoʻl varaqasi taqdim etilgan taqdirda beriladi.”;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Yonilgʻi quyish shoxobchasida yoʻl varaqasining “berildi” satrida berilgan neft mahsuloti yoki gazning miqdori va summasi koʻrsatiladi, yonilgʻi quyish shoxobchasi operatorining imzosi va operatorning raqami koʻrsatilgan belgi qoʻyiladi, haydovchiga esa isteʼmolchining buxgalteriyasiga hisobot berish uchun nazorat-kassa texnikasining cheki beriladi.”;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Neft mahsuloti va gazni xarid qilish uchun berilgan korporativ bank kartalaridagi pul mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha javobgarlik isteʼmolchining rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.”;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Isteʼmolchi tomonidan tarqatish qaydnomalari asosida olingan neft mahsulotlari yoki gazning miqdori solishtiriladi hamda har oyda mahsulot yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro yakuniy hisob-kitob qilishga asos boʻlib hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi.”;
38 va 39-bandlardagi “vedomostlari, ruxsatnomalar, navbatchilik hisoboti va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari, ruxsatnomalar va navbatchilik hisoboti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
IX boʻlimning nomidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Ruxsatnoma varaqalari va tarqatish qaydnomalari hamda boshqa qatʼiy hisobda turuvchi blankalarning hisobi, ularning inventarizatsiyasi, shuningdek, yoʻqolishi va yetishmovchiligi hisobi Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3538, 2024 yil 30 iyul) muvofiq amalga oshiriladi.”;
41-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Mahsulot yetkazib beruvchining omborxonalari va kassalarida ruxsatnoma va tarqatish qaydnomalarining harakati moddiy javobgar shaxslar tomonidan Ruxsatnoma va tarqatish qaydnomalari harakatini roʻyxatga olish kitoblarida miqdori koʻrsatilgan holda mazkur Qoidalarning 13 va 14-ilovalarida belgilangan shaklga muvofiq yuritiladi.”;
1, 2 va 5-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
3, 4, 6, 7 va 15-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomidagi “vedomostlarini berilishini roʻyxatga olish” degan soʻzlar “qaydnomalarini berilishini roʻyxatga olish elektron yoki yozma kitobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “vedomosti” va “Vedomost” degan soʻzlar tegishli ravishda “qaydnomasi” va “Qaydnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “vedomostlari” degan soʻz “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10 va 13-ilovalarning ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “Vedomostʼ” degan soʻz “Qaydnomasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “vedomosti” va “vedomostni” degan soʻzlar tegishli ravishda “qaydnomasi” va “qaydnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “vedomostlari va limit kitobchalari” degan soʻzlar “qaydnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomidagi “vedomostlari yuritilishini qayd etish” degan soʻzlar “qaydnomalari yuritilishini qayd etish elektron yoki yozma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish qaydnomalari boʻyicha berish qoidalariga
1-ILOVA

“Mahsulot yetkazib beruvchi” _________________ ______________________

Biriktirilgan shoxobcha № _________

Ruxsatnoma № ______

Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni tarqatishga

Sana “____” __________ 20__ yil

Isteʼmolchi (korxona, tashkilot, muassasa)

_________________________________________________________________________________________

Ishonchnoma № ____ “___” ________ 20___ yilda _______________________________________________

(kimni nomiga berilgan)

Mahsulotning turi

Mahsulot rusumi

Oʻlchov birligi

Berilgan miqdori

Narxi, soʻm

son bilan

soʻz bilan

1 oʻlchov birligi

Jami

Avtobenzin

AI-91

Litr (kg)

AI-92

AI-95

AI-98

AI-100

Dizel yoqilgʻisi

TDL, TDZ, TDU

Litr (kg)

Eko

Yevro

Moy

M8V1, M63/12G1, ...

Litr (kg)

SAE, ...

I-20, ...

10W30, ...

...

Dizel moyi

SAE 10W-30, ...

Litr (kg)

...

Jami:

suyultirilgan uglevodorod gazi

TP, TPB, TB

Litr (kg)

AP, APB

siqilgan tabiiy gaz

STG

m3

Umumiy summa

_______________________

(soʻz bilan)

moliya-iqtisod boʻlimi

_______________________

(imzo)

omborxona

_______________________

(imzo)

Yetkazib beruvchi korxona yoki muassasa rahbari

_______________________

(imzo)

”.

“Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish qaydnomalari boʻyicha berish qoidalariga
2-ILOVA

“Isteʼmolchi”

“Mahsulot yetkazib beruvchi”

____________________________

____________________________

(nomi)

(yetkazib beruvchi nomi)

____________________________

____________________________

mavjud pul mablagʻi

____________________________

____________________________

____________________________

(biriktirilgan shaxobcha nomi)

____________________________

____________________________

№____ TARQATISH QAYDNOMASI

_________________________________________________________________________

(neft mahsulotlari, suyultirilgan yoki siqilgan gaz)

 20__ y. “____” ________ dan

20__ y. “____” __________ gacha

 20___ y. “____” __________ dagi № _______ ishonchnomaga asosan ______________________________________________________________ orqali

                                                                 (F.I.Sh.)

1 litr _______________ soʻm.

1 kub.m._______________ soʻm.

1 kg. __________________ soʻm.

T/r

Yonilgʻi rusumi

Yonilgʻi berish sanasi

Avtotransport davlat raqami, rusumi, turi

Yoʻl varaqa tartib raqami va berilgan sanasi

Oʻlchov birligi

Beril-gan miqdori

Toʻlov summasi

Haydovchi familiyasi, ismi, sharifi

soʻm

soʻz bilan

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Jami berilgan

AYOQSH (AGTKSH, AGQSH) rahbari

______________________________

________________________

(F.I.Sh.)

(imzo)

AYOQSH (AGTKSH, AGQSH) bosh hisobchisi

______________________________

________________________

(F.I.Sh.)

(imzo)

”.

“Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
3-ILOVA
“Avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni ruxsatnomalar tarqatish qaydnomalari boʻyicha berish qoidalariga
5-ILOVA
Neft mahsulotlari va gazni tarqatishga ruxsatnoma berish
REYESTRI

“___” ________ 20___ y.

Neft mahsuloti yoki gazni berish ruxsatnoma raqami

Ishonchnoma raqami va berilgan sanasi

“Isteʼmolchi” nomi

Berilgan neft mahsuloti yoki gazning miqdori

Imzo

oʻlchov miqdori

miqdori

summasi

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2026 y., 10/26/2072-3/0936-son)