Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 09.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
METROLOGIYA TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-apreldagi OʻRQ-614-sonli ““Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish xaqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“metrologiya” — oʻlchovlar, ularning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan;
“yagona oʻlchov birligi” — oʻlchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda maʼlum boʻlgan oʻlchov holati;
“oʻlchov vositasi” — oʻlchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega boʻlgan texnika vositasi;
“birlik etaloni” — fizik oʻlcham birligini boshqa oʻlchov vositalariga oʻtkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun moʻljallangan oʻlchov vositasi;
Keyingi tahrirga qarang.
“davlat etaloni” — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻlchov birligining oʻlchami sifatida eʼtirof etilgan etalon;
“metrologiya xizmati” — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmogʻi hamda ularning oʻlchovlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga qaratilgan faoliyati;
“davlat metrologiya nazorati” — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
“oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish” — oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
“oʻlchov vositalarini kalibrlash” — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va oʻlchov birliklarining qoʻllashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
“oʻlchov vositalarini yasash (taʼmirlash, sotish, ijaraga berish) uchun litsenziya” — davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqini guvohlantiruvchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʻzbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) oʻlchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qoʻllanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan eʼtirof etilishi;
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — oʻlchovlarning yagona birligini taʼminlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada oʻtkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
“oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada oʻlchov vositalarini kalibrlashdan oʻtkazishga vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — oʻlchovdagi xatolik xususiyatlarini tadqiq qilish va baholash;
“davlat metrologiya tekshiruvi” — oʻlchov vositalarining turini tasdiqlash va tekshiruvdan oʻtkazish, ularning tayyorlanishi, taʼmirlanishi, sotilishi va ijaraga berilishini litsenziyalash boʻyicha davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq oʻn ikkinchi—oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
2-modda. Metrologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Metrologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻzga qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda Oʻzbekiston Respublikasining metrologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllanadi.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya boʻyicha milliy organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”) amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzdavstandart” vakolatiga:
metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
fizik oʻlcham birligi etalonlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllash qoidalarini belgilash;
oʻlchov vositalari, usullari va natijalariga qoʻyiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
metrologiya masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II BOʻLIM. FIZIK OʻLChAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISh VA QOʻLLASh
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Fizik oʻlcham birliklari
Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro oʻlchamlar tizimi (SI)ning fizik oʻlcham birliklarini belgilangan tartibda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.Fizik oʻlcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qoʻllash qoidalari “Oʻzdavstandart”ning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro oʻlchamlar tizimiga kiritilmagan oʻlchamlarni qoʻllashga ruxsat berishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻida kontrakt shartlariga muvofiq fizik oʻlchamlarning oʻzga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Fizik oʻlchamlar birliklarining etalonlari
Fizik oʻlchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllash tartibini “Oʻzdavstandart” belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻlchov vositalari
Foydalanishda boʻlgan oʻlchov vositalari oʻlchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qoʻyilgan aniqlikda boʻlishini taʼminlashi va qoʻllash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini oʻlchov vositalariga mansub deb topish mezonini “Oʻzdavstandart” belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Oʻlchovlarni bajarish uslubiyotlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlchovlarni bajarish uslubiyotlari oʻlchov natijalarining xatoliklarini baholashni oʻz ichiga olishi va oʻlchov oʻtkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qoʻyilgan aniqlikni taʼminlashi lozim. Oʻlchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini “Oʻzdavstandart” belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
Oʻzbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati
“Oʻzdavstandart” boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat boʻlgan hollarda oʻlchovlarning yagona birligini taʼminlash boʻyicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.
IV BOʻLIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKShIRUVI VA NAZORATI
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini oʻtkazish tartibi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:
etalonlar;
oʻlchov vositalari;
Keyingi tahrirga qarang.
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-oʻlchov tizimlari;
oʻlchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan oʻzga obyektlar.
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini oʻtkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish;
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilib tashlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
oʻlchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini roʻyxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning oʻzga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
oʻlchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish;
oʻlchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash;
oʻlchov vositalarini hamda oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, metrologik attestatsiya qilish, oʻlchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, realizatsiya qilish, ijaraga berishga doir faoliyatini litsenziyalashda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etishlarini guvohlantirish (attestatsiya qilish).
Davlat metrologiya nazorati oʻlchov vositalarini, shu jumladan oʻlcham birliklarining etalonlarini chiqarish, ularning holati va qoʻllanilishi, belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda “Oʻzdavstandart” qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻlchov vositalarining turlarini tasdiqlash
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import boʻyicha chetdan olib kelinishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Oʻlchov vositalarining davlat sinovlarini oʻtkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni “Oʻzdavstandart” amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan oʻlchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qoʻyishi shart.
Boshqa davlatlarning oʻlchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish
Tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyxati “Oʻzdavstandart” tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish huquqi berilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan oʻlchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
171-modda.Oʻlchov vositalarini kalibrlash
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatib oʻtilganidan boʻlak sohalarda qoʻllaniladigan va majburiy tekshiruvdan oʻtkazilmaydigan oʻlchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, taʼmirlashda va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan oʻtkazilishi mumkin.
Oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni oʻtkazish tartibi “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq 171-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
18-modda. Oʻlchov vositalarini tayyorlash, tekshiruvdan oʻtkazish, taʼmirlash, sotish, ularning importi va ijarasi bilan shugʻullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatib oʻtilgan doiralarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalari boʻyicha tayyorlash, tekshiruvdan oʻtkazish, taʼmirlash, sotish, ularning importi va ijarasi bilan shugʻullanishga litsenziya boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Mazkur ishlarni bajarish huquqini beruvchi faoliyatga litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 213-moddasiga qarang.
V BOʻLIM. METROLOGIYA IShLARINI MOLIYAVIY TAʼMINLASh
20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy taʼminlash
Davlat tomonidan quyidagilar:
metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan taʼminlash;
metrologiya boʻyicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya boʻyicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiya boʻyicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish;
metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
metrologiya boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va oʻzga ishlarni oʻtkazish;
oʻlchovlarning yagona birligini taʼminlashga doir “Oʻzdavstandart” tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
fizik oʻlcham birliklarining etalonlarini va oʻta aniq namunaviy oʻlchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qoʻllash, sotib olish va asrash;
Keyingi tahrirga qarang.
moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka maʼlumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
davlat tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta budjetdan moliyaviy taʼminlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun haq toʻlash
Oʻlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, standartlashtirilmagan oʻlchov vositalarini attestatsiya qilish, oʻlchovlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ hujjatlarni ekspertiza qilish, yuridik hamda jismoniy shaxslarni oʻlchov vositalarini tayyorlash, tekshiruvdan oʻtkazish, taʼmirlash, kalibrlash, realizatsiya qilish va ijarasi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar bilan taʼminlash va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan metrologik ishlar va xizmatlar, shuningdek metrologik faoliyatning oʻzga turlari uchun tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1004-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda)