Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA MEVA-SABZAVOT XOʻJALIGIDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA IXTISOSLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Meva-sabzavot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, texnik qayta jihozlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida ixcham, raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishni va ularni eksport qilishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi negizida “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasini, shuningdek, hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Qayta ishlovchi korxonalar va qishloq xoʻjaligi korxonalari negizida 1-ilova* muvofiq “dala-isteʼmolchi” prinsipi boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotishga qatʼiy ixtisoslashtirilgan firmalarning tashkil etilishi maʼqullansin.
* 1-ilova berilmaydi.
Belgilab qoʻyilsinki, ixtisoslashtirilgan firma meva-sabzavot va vino mahsulotlari yetishtirishni, saqlashni, qayta ishlashni va sotishni amalga oshiruvchi korxonalar hamda tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi. Firma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar oʻzlarining xoʻjalik yuritish mustaqilligini va yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar.
Agrosanoat firmalarini boshqarish, shu jumladan yigʻma balans tuzish funksiyasi meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlovchi bosh zavodlarga yuklansin. Bunda firma tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklar tomonidan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmi va assortimenti xomashyoni qayta ishlovchi korxonalarning unga boʻlgan talabidan kelib chiqib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsharobsanoat” AJ yuridik shaxs hisoblanadi va aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
“Oʻzsharobsanoat” AJning ustav jamgʻarmasi unga aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketlarini ishonch boshqaruviga berish hisobiga tashkil topadi. “Oʻzsharobsanoat” AJning trast boshqaruviga shuningdek aksiyalar qolgan paketlarining joylashtirilmagan qismi ham beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
 LexUZ sharhi
4-bandining uchinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
“Oʻzsharobsanoat” AJ xoʻjalik faoliyatini, shu jumladan uning ijro etuvchi apparati xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
“Oʻzsharobsanoat” AJ uning tarkibiga kiruvchi korxonalarni, ushbu korxonalarning “Oʻzsharobsanoat” AJga tegishli boʻlgan aksiyalari, shu jumladan trast boshqaruviga berilgan aksiyalar paketiga muvofiq boshqaradi. Bunda “Oʻzsharobsanoat” AJ shuʼba korxonalar boʻyicha yigʻma balans tuzadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
 LexUZ sharhi
4-bandining beshinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
aylanma mablagʻlarni toʻldirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida “Oʻzsharobsanoat” AJ shuʼba korxonalarning budjet va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlardan boʻsh boʻlgan moliyaviy resurslarini shartnoma asosida qayta taqsimlash huquqiga ega.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
5. Quyidagilar “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
tarmoqni xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyalashning yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish;
yagona texnika va investitsiya siyosatini yuritish, ilgʻor agrotexnika texnologiyalarini joriy etish, yetishtiriladigan mahsulot sifatiga va dehqonchilikning mahalliy anʼanalariga selektiv yondashuvni hisobga olgan holda korxonalarni eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash;
xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan qoʻshma va xorijiy korxonalar tashkil etish vositasi bilan jalb qilish;
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xolding mahsuloti firma belgilarining jahonda tanilishini taʼminlash, eksport mahsulotlari hajmini koʻpaytirish
6. “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibida Rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin, unga quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish yuklansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, eksportga yoʻnaltirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish;
qayta ishlash korxonalarini zarur xomashyo bazasi bilan taʼminlovchi qishloq, xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini oʻstirishning yangi texnologiyalarini oʻzlashtirish va joriy etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taʼminlovchi infrastrukturani barpo etish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash yuklansin.
Quyidagilar Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning boʻsh foydasi qoldiqlari hisobiga korxonalar balans foydasining bir foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalari Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasiga kirmagan 4-ilovaga* muvofiq xoʻjaliklar, korxonalar va tashkilotlardan iborat tarkibda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi, tayyorlovchi, uni qayta ishlovchi, saqlovchi va sotuvchi respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va viloyat “Mevasabzavot” birlashmalarini belgilangan tartibda tashkil etsin.
* 4-ilova berilmaydi.
8. Poliz mahsulotlari, uzum, anor yetishtiruvchi xoʻjaliklarning hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari tarkibida:
“Samarqand uzumlari”, “Surxon uzumlari”, “Namangan uzumlari” - uzum va mayiz;
“Qoraqalpogʻiston qovunlari” “Xorazm qovunlari”, “Buxoro qovunlari” “Jizzax qovunlari”, “Sirdaryo qovunlari” - poliz mahsulotlari;
“Surxondaryo anori”, “Qashqadaryo anori”, “Fargʻona anori” - anor yetishtirish, tayyorlash va sotishni muvofiqlashtiruvchi firmalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
ushbu firmalarning ustav jamgʻarmalari ularga kiruvchi xoʻjaliklarning pay badallari hisobiga tashkil topadi;
firmalar boshqaruv apparati xarajatlari ularning tijorat faoliyatlaridan olinadigan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
9. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga:
marketing tadqiqotlarni va meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum va anor yetishtirish, tayyorlash, ularni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashtirilgan korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash, ularga urugʻchilik ishida, xususiylashtirishni chuqurlashtirish va eksportni amalga oshirishda koʻmaklashish;
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va uni qayta jihozlashga oid texnika siyosatini oʻtkazish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy sarmoya ishtirokidagi qoʻshma korxonalar tashkil etish funksiyalari yuklansin.
Belgilansinki, hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari:
oʻz faoliyatini hududiy birlashma qatnashchilarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadigan hududiy birlashma Ustaviga binoan amalga oshiradi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga hisob beradi;
birlashma tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketiga trast boshqaruvini amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
9-bandining sakkizinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-oktabrdagi 394-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari bilan birgalikda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
belgilangan tartibda qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyalarining koʻpaytirilishini taʼminlagan holda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini 6 va 7-ilovalarga* muvofiq qayta taqsimlash hamda joylashtirish. Xolding kompaniyasi firmalar tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari umumiy paketining kamida 10 foizi sotilishini taʼminlasin;
 LexUZ sharhi
11-bandning ikkinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 97-sonli “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
8-ilovaga* muvofiq korxonalarni xususiy mulk qilib sotish;
9-ilovaga* muvofiq qayta ishlovchi korxonalarni, ularning ayrim ishlab chiqarish quvvatlari va liniyalarini qayta joylashtirgan holda, kichiklashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
6—9-ilovalar berilmaydi.
12. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda xolding tarkibiga kiruvchi firmalar namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin;
bir oy muddatda taʼsis yigʻilishini oʻtkazsin, kuzatuv kengashini tuzsin, xolding ustavini tasdiqlasin va uning ustav jamgʻarmasini shakllantirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari bilan birgalikda namunaviy ustavlarni ishlab chiqish hamda hududiy “Meva-sabzavot” birlashmalarini, shuningdek poliz mahsulotlari, uzum, mayiz va anor yetishtirish, tayyorlash hamda sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan firmalarni tuzish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
14. 1997-2000-yillar uchun ishlab chiqilgan xolding va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish dasturi 10 va 11-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, tijorat banklariga 10 va 11-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy va milliy valyutada kreditlar berish tavsiya etilsin.
10-11-ilovalar berilmaydi.
Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik va “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi chet el firmalari orasida mevasabzavot xoʻjaligi obyektlarini rekonstruksiya qilish hamda texnik qayta jihozlash loyihalari boʻyicha keng reklama faoliyatini avj oldirsinlar.
15. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish dasturiga 12-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xolding kompaniyasiga mevasabzavot, konserva va vino mahsulotlari jahon bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda, uni sertifikatsiyalash hamda respublika tashqarisida hamkorlar izlashda har tomonlama koʻmaklashsin.
16. Eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarning barqaror xomashyo bazasini taʼminlash maqsadida “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi ixtisoslashtirilgan firmalari qishloq xoʻjaligi korxonalarida 1998-2000-yillarda pomidorning sanoatbop navlarining 13-ilovaga* muvofiq maydonlarda ekilishiga rozilik berilsin.
12-13-ilovalar berilmaydi.
17. Respublika mevasabzavot kompleksi korxonalari va tashkilotlariga bank xizmati koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida:
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi korxonalari oʻrtasida - 60 mln. soʻm, hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga - 15 mln. soʻm, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasiga - 5 mln. soʻm, “Paxta-bank”ga - 15 mln. soʻm, “Sanoatqurilishbank”ga - 10 mln. soʻm, “Gʻallabank”ga - 5 mln. soʻm, ochiq sotuvga - 200 mln. soʻm (shu jumladan chet el investorlariga - 50 mln. soʻm) miqdoridagi aksiyalarni bosqichma-bosqich joylashtirgan holda 310 mln. soʻm miqdoridagi aksiyalarni qoʻshimcha chiqarish yoʻli bilan “Mevasabzavotbank” ustav sarmoyasining 100 mln. soʻmdan 410 mln. soʻmgacha koʻpaytirilishiga rozilik berilsin.
18. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Paxta-bank”, “Mevasabzavotbank” ikki hafta muddatda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tayyor mahsulot qoldiqlarini kamaytirish, debitorlik qarzlarini undirish hisobiga xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqsinlar.
19. Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tegishli tijorat banklari va tashkilotlar “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga toʻlovlar, kreditlar va boshqa moliyaviy majburiyatlar, shuningdek penyalar va ular boʻyicha foizlarga oid qarzlarini ikki oy muddatda qayta rasmiylashtirsinlar.
Soliq va toʻlov intizomi boʻyicha Hukumat komissiyasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari ayrim korxonalarining moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda budjetga toʻlovlar, shu jumladan penyalarga oid 1997-yil 1-iyulgacha mavjud boʻlgan qarzlarini toʻlashni 1 yilga kechiktirish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
20. Respublika meva-sabzavot xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalari tomonidan MDH mamlakatlariga yetkazib beriladigan alkogolli mahsulotlar aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi eksportga yetkazib beriladigan hoʻl meva va sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari, shu jumladan vino mahsulotlari Oʻzbekiston hududi boʻylab 50 foizga kamaytirilgan tariflar boʻyicha tashilishini taʼminlasin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-oktabrdagi 525-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Muhitdinov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-iyul,
363-son