Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2024
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
NAShRLARNI ChOP ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-aprelda 1561-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3506, 20.03.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari A.N. Aripov tomonidan tasdiqlangan 2005-yil 4-apreldagi 8/1-155-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 2005-yilda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish boʻyicha ish rejasi”ning 13-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 52-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi, 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli “Matbaa korxonalarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari ijrosini amalga oshirish, respublikada matbaa va noshirlik sohasida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, mualliflarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida buyuraman:
1. “Nashrlarni chop etish qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-mart,
29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 130-modda; 2013-y., 3-son, 38-modda, 30-son, 402-modda)