Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTEʼMOL TOVARLARI ULGURJI SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarining yoʻqotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan koʻrgan zararlari faqat korxonalarning oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tijorat banklariga “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari ularning mamlakatimiz korxonalaridan isteʼmol tovarlari xarid qilishga yoʻnaltiriladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mufassal oʻrganib chiqsinlar hamda ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, qishloq joylardagi, borish qiyin boʻlgan hamda togʻli tumanlardagi aholining zarur isteʼmol tovarlariga ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-mart,
52-son
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari muassislari tomonidan taqdim etiladigan taʼsis hujjatlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
shakllantiriladigan ustav fondi miqdori toʻgʻrisidagi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
faoliyat turi — isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
II. Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar (keyingi oʻrinlarda sotuvchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchilarda oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari mavjud boʻlishi kerak.
5. Sotuvchilar tovarlarning yetkazib beruvchilarini va xaridorlarini shartnoma asosida mustaqil ravishda tanlab olish huquqiga ega hamda sotilgan tovarlarning keyinchalik foydalanilishi uchun javob bermaydilar.
6. Sotuvchilar tomonidan isteʼmol tovarlari hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, har qanday xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga ulgurji sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar jismoniy shaxslarga faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va qonunchilikda belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma mavjud boʻlganda ulgurji sotiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
III. Sotuvchilarning vazifalari
9. Savdo faoliyatini amalga oshirishda sotuvchilar:
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi (shartnoma, schyot-faktura, tovar-yoʻl hujjatlari) hujjatlarga;
muvofiqlik sertifikatiga, tovarlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki ularning nusxalariga — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar sotilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 106-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda; 2016-y., 27-son, 326-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)